09 avg 12:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/80296_220.jpg)
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va boks muxlislari diqqatiga!
Musobaqada murabbiy Bekzod Xidirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar jamoasi 14 ta vazn toifasida ishtirok etdi va 10 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, umumiy hisobda 14 ta medal qo'lga kiritdi.
Ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari bugun tunda yurtimizga qaytib kelishadi. Bokschilarimiz joy olgan samolyot soat 02:30 da (9 avgustdan 10 avgustga o'tar kechasi) poytaxtimizga kelib qo'nadi.
Osiyo chempionati qahramonlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olinishi rejalashtirilmoqda. SHu munosabat bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda boks muxlislarini ushbu tadbirga taklif etib qolamiz
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar