07 may 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Oq uydagi UFC turniri ishtirokchilari Donald Tramp bilan uchrashdi + FOTO
UFC White House - Freedom 250 turniri ishtirokchilari AQSH prezidentining qabulida bo'lishdi.
Braziliyalik chempion Aleks Pereyra, ispaniyalik chempion Iliya Topuriya, davogarlar - amerikalik Jastin Getji va franciyalik Siril Gan Vashingtonda Amerika Qo'shma SHtatlari prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdilar.
"O'ylaymanki, yo'lning narigi tomonidagi boqqa 75 mingdan 100 minggacha odam sig'adi. CHiptalar bepul bo'ladi. Ular [tashkilotchilar] sakkizta ulkan ekran o'rnatib, janglarni translyaciya qilishadi. Bu erda, Oq uy oldidagi maysazorda esa 4 ming joy [tomoshabinlar uchun] bo'ladi", - dedi Tramp matbuot bilan muloqot chog'ida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar