So’nggi yangiliklar

18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0

21 apr 17:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Oq uydagi UFC turniri uchun xavfsizlikni baholashning eng yuqori darajasi o'rnatiladi

Teglar :  UFC
14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turniri AQSH federal idoralari tomonidan keng ko'lamli xavfsizlik choralari bilan birga olib boriladi.

Malum qilinishicha, turnir uchun xavfsizlikni baholashning eng yuqori darajasi - SEAR 1 belgilanadi. Ushbu UFC turniriga qo'llaniladigan SEAR 1 darajasi federal darajada keng idoralararo ishtirokni talab qiladigan milliy va xalqaro miqyosdagi alohida ahamiyatga ega tadbirlarga beriladi. 

Masalan, Superboul kabi tadbirlar ham xuddi shunday xavfsizlik darajasiga ega bo'ladi. Bunday hollarda turli xizmatlar jalb qilinadi: portlovchi moddalarni aniqlash bo'yicha kinologik guruhlar, kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassislar, maydonni tekshirish guruhlari, razvedka bo'linmalari, shuningdek, aviaciya va taktik yordam.

SEAR 1 darajasidagi barcha tadbirlar uchun DHS Federal muvofiqlashtirish guruhini tuzadi, u Oq uy yaqinidagi UFC turnirida ham ishlaydi. Uning vazifalariga federal, mintaqaviy va mahalliy tuzilmalar o'rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish, xavfsizlik masalalari bo'yicha shtatlar va municipalitetlar hokimiyatlari bilan hamkorlik qilish, turli idoralarning so'rovlari bo'yicha zarur yordamni taminlash, shuningdek, tadbirga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishning barcha bosqichlarida vaziyatni nazorat qilish kiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing