16 iyu 19:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Oqshomning ilk jangi yakunlandi, unda Osiyo chempioni g'alaba qozondi FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Wyndham Tashkent (Sobiq Dedeman) mehmonxonasida professional boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina oqshom doirasidagi ilk jang yakunlandi. To'rt raundga mo'ljallangan jang 79 kg vazn toifasida o'tkazildi va unda havaskorlar o'rtasida Osiyo chempioni, andijonlik SHuhrat Abdullaev asakalik SHoxruh Kamoliddinovga qarshi ringga ko'tarildi.
So'nggi raundda faollik ko'rsatgan SHuhrat Abdullaev o'zi uchun prof ringdagi debyut jangda raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar