19 fev 16:48
Yangiliklar
Futbol
"O'rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo'yicha axborot beriladi". O'FA buxgalter bilan bog'liq shov-shuvli xabarga munosabat bildirdi
O'zbekiston futbol associaciyasi joriy yilning 19 fevral kuni ommaviy axborot vositalarida tarqalgan malumotlar bo'yicha izoh berdi.
"O'FA tomonidan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. OAV vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig'ini topmagan malumotlarni tarqatmaslikni so'raymiz. O'rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq Championat.asia sayti "Eshitdik-da" rukni ostida O'FA buxgalteri 350 ming AQSH dollarini o'zlashtirib, qochib ketgani haqida xabar bergan edi.
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar