12 okt 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Ortis 12 noyabr kuni Monakoda Malik Skottga qarshi ringga chiqadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kubalik 37 yoshli Luis Ortis (25-0, 22KO)ning qachon va kimga qarshi ringga ko'tarilishi malum bo'ldi.
Vaqtinchalik WBA yo'nalishi chempioni bo'lib turgan Ortis 12 noyabr kuni Monakoda amerikalik Malik Skott bilan jang qiladi. Avvalroq Luisning raqibi franciyalik Karlos Takam bo'lishi taxmin qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, bir nech kun avval Ortis britaniyalik promouter Eddi Xirn bilan shartnoma imzolagandi. Yarim yil avval esa u 1 million dollar to'lab, Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar