27 okt 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/21542_220.jpg)
Ortis faoliyatini yakunlamaydi
Kubalik superog'ir vaznli bokschi Luis Ortis faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Bu haqida uning menejeri Jey Ximenes aytib o'tdi.
"WBC dagilar Ortisning chetlatilgani haqida aytishmadi. Bizda Luis preparatlarni tibbiy sabablar tufayli istemol qilganini isbotlovchi dalillar bor. SHuning uchun, faoliyatni yakunlashga oid sabablar ko'rmayapman.
WBAning qarori adolatsiz bo'ldi. Nima bo'lmasin, biz olg'a intilishda davom etamiz. Agar buni WBA bilan qilmasak, boshqa tashkilotlar bilan birga qilamiz. Tibbiy testlar yakunlanganidan so'ng biz jang tashkil qilish borasidagi ishlarimizni boshlab yuboramiz", - deydi u.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar