10 okt 10:41
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Osiyo chempionati 1/4 finali doirasidagi O'zbekiston - Qozog'iston uchrashuvida yirik hisob qayd etildi + FOTO
SHu kunlarda Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Qita birinchiligidan o'rin olgan erkaklar o'rtasidagi suv polosi musobaqasida yarim finalchilar aniqlandi. O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda qozog'istonlik suv polosi ustalariga qarshi bahs olib borib, yirik 11:27 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ketma-ket 5 ta uchrashuvda g'alaba qozongan Qozog'istonn terma jamoasi 1/2 finalga yo'l oldi. Yon qo'shnilarimiz final chiptasi uchun Xitoy terma jamoasiga qarshi suvga tushishadi.
Foto - Qozog'iston sport va turizmni rivojlantirish vazirligi direkciyasi
Havola :
Fikrlar