06 may 19:15
Yangiliklar

Osiyo chempionati. Bokschilarimiz birinchi final kunida 4 ta oltin medalni qo'lga kiritdilar
Saytimizda bugun janglarda ishtirok etgan sportchilarimizning ishtiroklaridan matnli-translyaciya uyushtirildi.
19:10. SHu tariqa Osiyo chempionatining bugungi kunidan olib borgan matnli-translyaciyamizni yakunlaymiz. Kun yakunlariga ko'ra 5 nafar bokschimiz ringga chiqdi. Ulardan 4 nafari finalda ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, yana biri JCH yo'llanmasi uchun ringga chiqdi va g'alaba qozondi.
19:05. Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi avgust so'nggida Gamburgda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida to'liq tarkib bilan qatnashadigan bo'ldi.
19:00. Sanjar hakamlar qaroriga ko'ra jang g'olibi deb topildi! U ham Germaniyada bo'lib o'tadigan JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qoyil!
18:51. Tursunov birinchi raundni yomon o'tkazgani yo'q. Lekin, katta ustunlik qildi deb ayta olmaymiz.
18:46. Endi ringga Sanjar Tursunov chiqib kelmoqda. CHorak finalda mag'lub bo'lgan -91 kg vazn toifasidagi bokschimiz JCH yo'llanmasi uchun eronlik Salar G'ulomiga qarshi ringga ko'tariladi.
18:44. Va albatta BEKTEMIR MELIQO'ZIEV HAM G'OLIB! Bu to'rtinchi oltin medal!!!
18:39. Ikkinchi raund bokschimiz ustunligida kechdi. Faqat, u ozgina jarohat oldi. Umid qilamizki, jang oxirigacha bo'ladi!
18:34. Meliqo'ziev jangni yomon o'tkazayotgani yo'q. Kuzatamiz!
18:28. Endi Bektemir Meliqo'zievning final jangini ko'ramiz!
18:11. Tojikistonlik bokschi Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Qo'shnilarimiz uchun xursandmiz!
18:00. Kechki janglar boshlandi. Ayni paytda -81 kg vazn toifasida JCH yo'llanmasi uchun janglar bo'lib o'tmoqda. Birozdan so'ng Bektemir Meliqo'ziev final jangini o'tkazadi.
17:40. Yana birozdan so'ng -81 kg vazn toifasida janglar boshlanadi.
16:50. Bokschilarimiz ishtirokidagi janglardan suratlarni ham tomosha qiling!
16:35. Endi biroz tanaffus. Soat 18:00da navbatdagi janglar boshlanadi. Taxminan 18:30 da Bektemir Meliqo'ziev final jangida ringga chiqadi.
16:32. Murodjon Ahmadaliev sharafiga "O'zbekiston" sport majmuasida davlatimiz madhiyasi yangradi.
16:28. Saytimizga uchta final jangining videolari joylashtirildi. Ko'ra olmaganlar bo'lsa, aynan OLAMSPORT.COM da tomosha qilishlari mumkin.
16:21. Endi birozdan so'ng -56 kg vazn toifasidagi bokschilar taqdirlanadilar. Xabaringiz bor, ushbu vaznda Murodjon Ahmadaliev oltin medal sohibiga aylangan!
16:17. Isroil Madrimov sharafiga yana davlatimiz madhiyasi yangramoqda.
16:16. Endi -75 kg vazn toifasidagi sportchilar taqdirlanmoqdalar.
16:09. Osiyo chempioni Elnur Abduraimov sharafiga O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi.
16:07. Ayni paytda -60 kg vazn toifasida sovrindor bo'lgan sportchilar taqdirlanmoqda.
16:04. Endi g'olib sportchilarni taqdirlash marosimi o'tkazilmoqda.
16:00. Jang to'xtatildi. Hakamlar qaroriga ko'ra g'oliblik vakilimizga berildi! Qoyil! Uchinchi oltin medal!
15:59. Madrimov jarohat oldi...
15:56. Jang boshlandi!
15:55. Isroil Madrimov ringga chiqib keldi. Uning finaldagi raqibi Janubiy Koreya vakili Don Gyun Li! Isroil bizga uchinchi oltin medalni tuhfa eta oladimi?
15:35. Endi navbat Isroil Madrimovga. Taxminan 15 daqiqalardan so'ng uning jangi boshlanadi.
15:28. Sportchilar jarohat olishdi. Jang yakunlandi. Hakamlar qaroriga ko'ra bokschimiz jang g'olibi deb topildi! YANA BITTA OLTIN MEDAL!
15:25. Elnur hindistonlik raqibiga qarshi jangi boshladi.
15:22. Elnur Abduraimov ringga chiqib kelmoqda!
14:55. Endi navbat Elnur Abduraimovga. Birozdan so'ng uning jangi ham boshlanadi!
14:48. G'ALABAAA! ILK OLTIN MEDAL QO'LGA KIRITILDI! MUROODJON AHMADALIEV OSIYO CHEMPIONI!
14:39. Birinchi raund to'lik bokschimiz ustunligi ostida kechdi.
14:36. Jang boshlandi. Dastlabki oltin medalni qo'lga kiritishga juda yaqinmiz!
14:33. Diqqat qiling! Ringga O'zbekiston vakili Murodjon Ahmadaliev chiqib kelmoqda.
14:14. Birozdan so'ng Murodjon Ahmadaliev Osiyo chempionligi uchun bo'lib o'tadigan jangda xitoylik raqibiga qarshi maydonga tushadi.
14:10. Ayni paytda -56 kg vazn toifasida chorak finalda mag'lub bo'lgan sportchilar o'rtasida JCH yo'llanmasi uchun janglar bo'lib o'tmoqda.
14:06. Bugungi jang dasturlaridan 5 nafar bokschimiz ringga chiqish qiladilar:
Murodjon Ahmadaliev - Jiavei Jang (Xitoy)
SHiva Tapa (Hindiston) - Elnur Abduraimov
Dong Yun Li (Janubiy Koreya) - Isroil Madrimov
Bektemir Meliqo'ziev - Erik Aljanov (Qozog'iston)
Sanjar Tursunov - Salar G'ulomi (Eron) (JCH yo'llanmasi uchun)14:00. Assalomu alaykum. Toshkentda boks bo'yicha bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatidan matnli-onlayn translyaciyani boshlaymiz.
Fikrlar