So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

18 apr 06:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo chempionati. Bokschilarimizning ovqatlanish joyi, vazn nazorati va Lebzyak

Kecha O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadalievga hamroh sifatida terma jamoamiz azoari istiqomat qilayotgan "Golden Tulip" mehmonxonasiga bordim.

Etib borganimizda bokschilarimiz bir necha daqiqa avval mashg'ulotlarni yakunlagan, terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov sportchilarimiz vaznlarini nazoratdan o'tkazayotgan ekan. Musobaqa boshlangunga qadar barcha vazn meyorini bajarishi lozim-da. Buning to'g'ri amalga oshirilishi terma jamoamiz ustozining doimiy nazoratida.

Bundan tashqari kecha bokschilar uchun mandat o'tkazildi. Unda sportchilarning hujjatlari, davomati tekshirildi. Ushbu tekshiruv ham terma jamoamiz vakillari uchun ko'ngildagidek kechdi. Barcha hujjatlar joy-joyida, tashkiliy tomondan muammolar yo'q. 

Tashrif davomida bir necha sportchilarimiz bilan suhbatlashib, qisqa intervyular olishga muvaffaq bo'ldim. Ko'rinib turibdi, bokschilarimiz musobaqaga tayyorgarlikni juda yaxshi olib bormoqdalar. Barchaning kayfiyati yaxshi.

Videoni tomosha qiling:


SHundan so'ng sportchilarning ovqatlanish joyini ko'rdik. Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi delegaciya vakillari aynan shu erda uch mahal ovqatlanadilar.


U erda rossiyalik mashhur murabbiy Aleksandr Lebzyakka ko'zim tushdi. Tanib qolib darhol suratga ola boshladim. SHunda u buni sezib qoldi va "oo, papparaci" deganicha o'zbekistonlik mutaxassislar bilan biroz suhbatlashdi, yakunda esdalik uchun suratga ham tushdi. Hozirda taniqli mutaxassis Xitoy terma jamoasi ustozi sifatida faoliyat olib bormoqda.


Ayni shu mehmonxonaning o'zida ro'yxatdan o'tib, musobaqa davomida ishlash huquqini beruvchi akkreditaciyalarni ham oldik. Bugun nasib qilsa, mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da (Toshkentda 09:00) terma jamoa mashg'ulotiga boramiz. Va albatta eksklyuziv suratlar ham bo'ladi :) Soat 16:30 da esa qura tashlash marosimi bo'ladi.

Olimpiya o'yinlari sovrindori, terma jamoamiz murabbiyi Rustam Saidov va uning tojikistonlik muxlisi


Murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunov bosh kotib Murodjon Mamadalievga tashkiliy masalalar haqida so'zlab bermoqda


Terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov


 

Bangkok ko'chalarda ana shunday avtomobillardan taksi sifatida foydalanish mumkin.


Aziz To'xtamurodov, Bangkok.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 apr 16:56:57
Sherzod Shermukhamedov
Qurʼa tashlangan boʻlsa, bokschilarimiz qachon nechida ringga koʻtarilishini yozvoriyla iltimos.
P.s., suratdagi Mazdaʼni Grab dasturi orqali chaqirtirgan boʻlsangiz kerak, aslida u taksi emas. Koʻcha taksisida yursez, arzonroq tushadi. Taksistlar kartadan boradigan joyizni koʻrsatsez tushunishadi.
   
18 apr 09:54:07
Nuriddin 77
Yahshi, hayajon bor lekin maqsad umumjamoa hisobida birinchi bòlish xudo xoxlasa birinchi bòlamiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing