30 apr 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Bugun Jasurbek Latipov ringga chiqadi
Toshkentda boks bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Sportchilarimizning qita chempionatidagi ishtiroklarini -52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jasurbek Latipov boshlab beradi. Jasurbekning turnirdagi ilk raqibi pokistonlik Sayid Asif bo'ladi. Agar u bugungi jangini g'alaba bilan yakunlay olsa, keyingi bosqichda Qirg'iziston vakili Azat Usenalievga qarshi ringga chiqadi.
Uning jangi kechki dasturda, yani soat 19:00dan keyin bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar