22 may 15:13
Yangiliklar
Taekvondo
Osiyo chempionati: Ikkinchi kungi bellashuvlarda taekvondochilarimiz 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi
Ulan-Batorda (Mo'g'uliston) taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari o'tkazildi.
Kun davomida terma jamoamizning uch nafar vakili — Omonjon Otajonov (-58 kg), Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg) hamda Jasmina Turlibekova (-73 kg) bellashuvlarda ishtirok etdi. Yakunda Otajonov va Qosimxojiev hisobimizga bronza medallarini taqdim etdi.
Bronza:
Omonjon Otajonov (-58 kg)
Najmiddin Qosimxojiev (-74 kg).
Ayni damda medallarimiz soni 5 tani tashkil etmoqda: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza.

Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar