02 mar 18:18
Yangiliklar
Qilichbozlik
Osiyo chempionati. Yigitlarimiz ham sablya dasturida ikkinchi bo'lishdi
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Jakarta shahri (Indoneziya) mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida yana bir medalga sazovor bo'ldi.
Sablya bo'yicha yigitlar o'rtasida kechgan jamoaviy dasturda hamyurtlarimiz kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Saralashda Avstraliya va Gonkongni mag'lub etgan sportchilarimiz finalda Xitoyga imkoniyatni boy berib, shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy olishdi.
Terma jamoa tarkibida Alpamis Urakbaev, Sardor Abdukarimbekov, Azizbek Karimboev hamda Artur Begjanov harakat qildi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar