16 may 12:52
Yangiliklar
Og'ir atletika

Osiyo chempionatida 12 ta medal qo'lga kiritgan og'ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi
Xitoyning Jiangshan shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz bugun erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik ishtirokida kutib olindi.
Terma jamoamiz atletlari qita chempionatida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Ushbu natija evaziga O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida to'rtinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar