So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

06 iyu 19:00
Yangiliklar

Kurash

Osiyo chempionatida birinchi marta kuchli uchlikdamiz

Filippin poytaxti Manila shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Qitaning eng iqtidorli polvonlari ishtirokida o'tgan mazkur musobaqada O'zbekiston sportchilari jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo'ldilar.

Jumladan, yunon-rim kurashi bo'yicha bo'lib o'tgan musobaqalarda Ilxom Bahromov (-50 kg) va Javohir Miraxmedov (-55 kg) oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Mirzabek Raxmatov (-66 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (-84 kg) bronza medali sohibi bo'ldilar.

Ayollar kurashi bo'yicha o'tkazilgan bellashuvlarda bir yo'la uch nafar yurtdoshimiz Nodira Sobirova (-51 kg), Nabira Esenbaeva (-59 kg) va Baxtigul Boltaniyozova (-67 kg) bronza medallarini qo'lga kiritdilar.

Erkin kurash musobaqalarida sovrindor bo'lgan sportchilarimiz safi yanada salmoqli bo'ldi. Xususan, G'ulomjon Abdullaev (-55 kg) va Temurjon Usmonohunov (-60 kg) Osiyo chempionidek sharafli unvonga sazovor bo'lishgan bo'lsa, Majid Murodov (-84 kg) va Hasanboy Raximov (-120 kg) kumush, SHohrux Sapaev (-66 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Umumjamoa hisobida 56 ochko jamg'argan erkin kurashchilarimiz birinchi marotaba kuchli uchlikdan o'rin egallashdi. Birinchi o'rinni Hindiston terma jamoasi (61 ochko) egallagan bo'lsa, ikkinchi o'rinni hamyurtlarimiz bilan bir xil ochko jamg'argan va faqatgina qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra oldinga chiqqan eronlik polvonlar band etishdi.

O'z navbatida yunon-rim kurashchilarimiz umumjamoa hisobida to'rtinchi, qizlar terma jamoamiz esa beshinchi o'rinni egallashdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing