02 apr 19:20
Yangiliklar

Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi o'zbekistonlik bokschilar: Bektemir va Iqbol tarkibda yo'q
Unda O'zbekiston milliy va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etadi.
Xalqaro boks qoidalariga binoan janglar o'ntadan (erkaklar – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91, +91 kg), (ayollar – 48, 51, 54, 57, 60, 64, 69, 75, 81 kg ) vazn toifasida o'tkaziladi.
Qita birinchiligiga delegaciyamiz quyidagi tarkibda yo'l oladi:
Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Do'smatov
- 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
- 60 kg: SHukurjon Rahimov
- 64 kg: SHunqor Abdurasulov
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
- 75 kg: Isroil Madrimov
- 81 kg: Dilshodbek Ro'zmatov
- 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
- 48 kg: Fotima Tursunboeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 54 kg: Tursunoy Rahimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Melieva
- 69 kg: SHahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova
- 81 kg: Ezoza Melieva
Takidlash joiz, Osiyo chempionatida bokschilar medallar bilan birga joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga beriladigan yo'llanmalar uchun ham kurash olib borishadi. Jahon chempionati esa, o'z navbatida Olimpiya o'yinlari licenziyalari o'ynaladigan musobaqa hisoblanadi. SHu bois, mamlakat federaciyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari Bangkokka jo'nab ketadigan tarkibni shakllantirishda barcha vazn toifalari bo'yicha 1-raqamli sportchilarni, yani Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritish uchun asosiy davogar charm qo'lqop ustalarini saralab olishga etibor qaratishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Fikrlar