12 iyu 12:57
Yangiliklar
Og'ir atletika

Osiyo chempionatida medallar soni bo'yicha etakchilik qilgan og'ir atletikachilarimiz kutib olindi
Qozog'istonning Ostona shahri mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati sportchilarimiz uchun omadli keldi.
Qitaning 20 dan ziyod davlat vakillari bilan kechgan musobaqalarda O'zbekiston terma jamoasi azolari dast ko'tarish, siltab ko'tarish va ikki kurash natijalariga ko'ra 58 ta medalni qo'lga kiritishdi. Sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
Eslatib o'tamiz, yosh og'ir atletikachilarimiz 5 ta oltin, 13 ta kumush va 10 ta bronza jami 28 ta medal bilan hamda o'smir og'ir atletikachilarimiz 3 ta oltin, 7 ta kumush, 20 ta bronza, jami 30 ta medallar bilan Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanligini amalda isbotlashdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar