01 avg 13:55
Yangiliklar

Osiyo chempionatida ringga chiquvchi bokschilarimizning to'liq tarkibi
7 avgustgacha davom etadigan ushbu qita chempionatida Osiyoning 20 dan ortiq davlatidan o'smir bokschilar ishtirok etadi. Osiyo chempionati 13 ta vazn toifasida o'tkaziladi.
O'zbekiston terma jamoasi ham mazkur qita birinchiligida to'liq tarkibda ishtirok etadi. Bizdan tashqari Qozog'iston va Hindiston terma jamoalari ham 13 ta vazn toifasida medallar uchun ringga ko'tarilishadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Hamid Tangriberganov. Bugun bokschilarimizdan -44 kg vazn toifasidagi Muhammadmuso Abdurahmonov ringga ko'tariladi. Hamyurtimiz Aleksandr Hamidov Osiyo chempionatida hakamlik qiladi.
Terma jamoamizning to'liq tarkibi:
44 kg: Muhammadmuso Abdurahmonov
48 kg: Ruslan Abdullaev
50 kg: Amirbek Ibodullaev
52 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
54 kg: Rahmatillo Toshpo'latov
57 kg: Javlonbek Yo'ldoshev
60 kg: SHerzod Qodirboev
63 kg: Nurislom Ismoilov
66 kg: Asadbek Jumaniyozov
70 kg: Hayotbek Baxtiyorov
75 kg: Madiyor Rejebov
80 kg: Kamronbek Rahmonov
+80 kg: SHohruh Almatov
Terma jamoa bosh murabbiyi - Hamid Tangriberganov
Fikrlar