So’nggi yangiliklar

07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0

10 avg 04:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etgan bokschilarimiz tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ

Xabaringiz bor, 1-9 avgust kunlari Quvaytda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 14 ta vazn toifasida tashkil etilgan bahslarda 14 nafar bokschimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. Ushbu medallarning 10 tasi oltin ekanligi, mazkur natija qay darajada muvaffaqiyatli ekanligini ko'rsatib turibdi. 

Bir necha daqiqa avval musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Yarim kechasi, soat 02:30 bo'lishiga qaramay, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Osiyo chempionati qahramonlari sabab gavjum bo'ldi. 

Tantanali kutib olish marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Osiyo chempionati qahramonlari:

Oltin:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov

-40 kg: Farrux To'laganov

-43 kg: Umidillo Abdurasulov

-46 kg: Boburbek Bobojonov

-49 kg: Lazizbek To'lqinov 

-52 kg: Dalerjon Bozorov 

-55 kg: Jahongir Narziev

-61 kg: Mirzob Nekboev 

-64 kg: SHavkatjon Boltaev

Kumush:

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov 

-67 kg: SHahboz Hamidullaev

Bronza:

-70 kg: Aynazar Kenesbaev 

+70 kg: Husanboy Rihsiboev

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
10 avg 08:49:54
Dilshot Solihov
Xozirgi kunda o'zbek bokisida shafoflik xukum surayotkaniga yaqol dalil. Nasip qilsa xali bu xamasimas. yaqin uch to'rt yildagi bokisimizdagi olamshmul mofaqiyatlarga faqat va faqat juda og'r va mashaqatli mexnat evazi erishilmaoqda. Ana usha chaynayotkalar borib katalarimiz yoshlarimiz mofaqiyat uchun xalq shani uhun qilayotkan azopli mexnatlarini ko'rishkanda edi tilarini tiyib bu muofaqiyatlar G'ofur Raxomov bilan bog'liq emasligini tushinishardi.
+3   
10 avg 08:32:06
Bek
Гап йўқ. Таърифга тил ожиз. Халқаро майдондаги ғалабаларимиз калитини Ғофур Рахимов билан боғлаётган ғаламисларга яхшигина зарба бўлди. Мана ўзбек бокс мактабининг қудрати аслида нималарга қодир эканлигини, ёш спортчиларимиз яққол кўрсатиб бера олишди.
+1   
10 avg 15:19:31
Akmal Jovliev
Juda zo'r ukalar final janglaringizni iloji boricha tomosha qildim osiyoga shunchaki master klass ko'rsatib berdilaringiz bu boshlanishi. Biz butun dunyani o'z boksimiz bilan egallaymiz!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing