So’nggi yangiliklar

20:54Дзюдо федерацияси Париж-2024 Олимпиадаси олдидан матбуот анжумани ўтказди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:45Порье Махачев билан реванш жангини истамоқда, Махачев эса бунга жавоб берди 0 19:22Олимпиада. Абдумалик Халоков ва Зайнаб Дайибековагача кимлар Ўзбекистон байроқдори бўлган? 0 19:00"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади 0 18:39Жон Жонс Миочич билан жангдан сўнг фаолиятини якунлайдими? 0 18:17Дастин Порье: "Менга пул керак эмас, қон керак" 0 17:53Алекс Перейра Магомед Анкалаевга жавоб қайтарди 0 17:30Роналду: "Бу охиргиси" 0 17:09Париж Олимпиадасига йўлланма қўлга киритган ўзбекистонлик спортчиларга қанча пул мукофоти берилганлиги маълум бўлди 0 16:47"Мен билан жанг Алекс учун қийин бўлади". Анкалаев Перейрага мурожаат қилди 0 16:24Ўзбекистон спорт делегациясини Париж Олимпиадасига расмий кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ (2-қисм) 0 16:02Испания терма жамоасининг яна бир футболчиси Саудияга йўл олишга яқин 0 15:40Эдди Хирн Сауль Альвареснинг навбатдаги жанги ҳақида гапирди 0 15:19Ўзбекистон делегациясини Париж-2024 Олимпиадасига тантанали кузатиш маросими бўлиб ўтди (+ФОТО) 0 14:57Ҳасанбой Дўсматов иккинчи чемпионлик ва Сакен Бибоссинов билан қарама-қаршилик ҳақида гапирди 0

05 may 19:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo chempionatining finaliga 9 nafar bokschimiz chiqdi!

Toshkentda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining yarim final janglari o'tkazildi.



19:58. SHu tariqa Osiyo chempionatining yarim final janglari o'z nihoyasiga etdi.


19:55. Bahodirga finalda qozog'istonlik Qamishbek Konkabaev raqiblik qiladi. Ashaddiy raqiblar to'qnashuvi!  


19:42. Ikki sportchi o'rtasidagi farq faqatgina bo'yda emas, balki mahorat bobida ham sezilib qoldi. 1-ranuddayoq texnik nokaut va Jalolov finalda. 


19:41. Hakam hisobni ochdi...


19:39. Bokschilar rineg markaziga taklif qilindi va jang boshlandi. 


19:36. Bahodir Jalolov o'ziga ishonch, ulkan xotirjamlik bilan ringga ko'tarildi. 


19:35. Hamyurtimiz qizil burchakdan joy oladi. 


19:25. Yana birozdan so'ng so'nggi vakilimiz Bahodir Jalolov suriyalik Muhammad Mulaesga qarshi ringga ko'tariladi.


19:18. Yana bir g'alaba azizlar! G'iyosovni ham finalda ko'radigan bo'ldik. 


19:14. SHaxram G'iyosov odatdagidek juda faol.


19:06. Ringga SHaxram G'iyosov chiqib keldi, unga eronlik sportchi qarshilik ko'rsatadi!


19:03. Jang yakunlandi. G'alabaaaaa!!! Iqboljon ham final yo'llanmasini qo'zlga kiritdi.


18:57. Muxlislarga yoqadigan jang bo'layotganini takidlash lozim. Har ikki sportchi ham faol jang olib bormoqda.


18:51. Jang boshlandi!


18:50. Ringga hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov chiqib kelmoqda


18:48. -64 kg vazn toifasidagi ilk finalchi mog'ulistonlik CHinzong Batarshux bo'ldi. Agar Xoldorov g'alaba qozona olsa finalda aynan unga qarshi ringga ko'tariladi.


18:35. Birozdan so'ng Iqboljon Xoldorov qozog'istonlik Bekdaulat Ibragimov bilan jang qiladi. 


18:31. Hasanboy Do'smatov ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo chempioni bo'lish uchun mog'ulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarshi jang qiladi.


18:16. Referi Hasanboy g'alaba qozonganini elon qildi. Yana bir final yo'llanmasini ko'lga kiritdik. 


18:15. Jang yakunlandi va Amit negadir qo'llarini baland ko'targancha xursandchiligini namoyish etdi. Kim biladi deysiz, balki u nokaut bo'lmaganidan shunchalik shoddir. 


18:13. Hasanboydan ajoyib zarba va raqib sal qolsa, muvozanatni yo'qotay dedi.


18:10. Ikkinchi raundda mehmon sportchi ham o'ziga kelgandek, lekin vaqti-vaqti bilan Hasanboy kuchli zarbalar berishni to'xtatmayapti. 

Birinchi raund yakunlandi va unda o'zbekistonlik sportchi faolroq harakat qildi.

18:05. Ring markazi, umuman ustunlik to'lig'icha vakilimiz tomonida.


18:04. Hasanboy boshladi! Muxlislar O'zbekiston deb baqirayotganda Do'smatov bir urib raqibini yiqitdi qo'ydi.


18:02. Xindistonlik Amitni muxlislar juda "chiroyli" kutib olishdi. Xind sportchisi kim mezbonligini bahs boshlanmasdan bilib oldi.   


18:00. Ringga vakilimiz Hasanboy Do'smatov chiqdi! Arena larzaga keldi! 


17:58. Muxlislar O'zbekiston, O'zbekiston deya xayqirishmoqda! Atrofga nazar tashlar ekansiz, birorta bo'sh o'rindiqni topishingiz mushkul vazifa. Ajoyib atmosfera! Yana bir necha daqiqadan so'ng ringga Hasanboy Do'smatov ko'tariladi!  


17:40. Hasanboy Do'smatovning jangi boshlanishiga 20 daqiqa vaqt qoldi. "O'zbekiston" sport majmuasi esa muxlislar bilan to'lib bo'ldi!


17:20. Boks bo'yicha Osiyo chempionati haqidagi xabarlardan shuningdek Telegramdagi kanalimizda ham kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi > > > https://t.me/olamsport


17:00. Aytgancha, bugun sportchilarimiz o'tkazgan barcha janglar videolari saytimizga joylandi. Ko'rmaganlar tomosha qilib olishlari mumkin :)


16:24. Hozircha finallarga 5 ta yo'llanmamiz bor. Nima deb o'ylaysiz, kun yakunlariga ko'ra ushbu ko'rsatkich nechani tashkil qilar ekan?


16:20. Endi kechki dasturda yana 4 nafar bokschimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan. Ular:

Hasanboy Do'smatov

Iqboljon Xoldorov

SHahram G'iyosov

Bahodir Jalolov


16:09. Sanjar Tursunovni mag'lub etgan Vasiliy Levit esingizdami? U suriyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


16:00. Bektemir Meliqo'ziev finalda Qozog'iston vakili Erik Aljanovga qarshi jang qiladi.


15:52. Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi Bektemir Meliqo'ziev xitoylik raqibini nokautga uchratdi! YANA BITTA FINAL! BUGUNGI KUN HISOBIDAN IKKINCHI NOKAUT!


15:47. Bektemir Meliqo'ziev ringga chiqdi.


15:43. Isroil Madrimov qozog'istonlik Abilxon Amankulni mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. Ajoyib!


15:28. Yaxshiii! Elnur Abduraimov ham xitoylik raqibini mag'lub etdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. U finalda Hindiston vakiliga qarshi jang qiladi.


15:24. Vakilimiz jangni yaxshi  o'tkazmoqda.


15:18. Elnur Abduraimovning jangi boshlandi.


15:15. Olimpiada sovrindori yutqazib qo'ydi. Finalga hindistonlik bokschi yo'l oldi.


15:02. Ringga Olimpiada sovrindori, Mog'uliston vakili Otgondalai Dorjinabmu chiqib keldi. U hindistonlik SHiva Tapaga qarshi jang qiladi.


15:00. Qozog'iston terma jamoasida ikkinchi mag'lubiyat. Qairat Eraliev xitoylik Jiavei Jangga yutqazib qo'ydi. Aynan Xitoy vakili finalda Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga chiqadigan bo'ldi.


14:54. O'zbekistonlik bokschi ishtirokidagi navbatdagi jang taxminan 20 daqiqalardan so'ng Elnur Abduraimov ishtirokida bo'ladi. U final yo'llanmasi uchun xitoylik Jun SHanga qarshi ringga chiqadi.


14:50. "Kaka"ning finaldagi raqibi Xitoy yoki Qozog'iston vakili bo'ladi.


14:43. Kutilganidek Ahmadaliev raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi! Qoyil! Yana bitta final!


14:40. Ahmadaliev koreyalik raqib bilan jangda yaqqol ustunlik qilmoqda. Nokaut ko'ramiz shekilli!


14:34. Ana endi ringga Murodjon Ahmadaliev chiqib kelmoqda.


14:33. Latipov finalda janubiy koreyalik raqibga qarshi jang qiladigan bo'ldi.


14:23. Ayni paytda ringda Filippin va Janubiy Koreya bokschilari o'zaro hisob-kitobni amalga oshirmoqdalar. Ushbu jang g'olibi finalda Jasurbek Latipovga qarshi jang qiladi.


14:17. G'ALABAAA! Latipov 3:2 hisobida raqibini mag'lubiyatga uchratdi! Ilk final! G'alaba muborak!


14:09. Vakilimiz jangni ajoyib o'tkazmoqda.


14:03. Kunning dastlabki jangi: Ringga Jasurbek Latipov chiqib kelmoqda.


13:55. Bugun bo'lib o'tadigan janglarda quyidagi sportchilarimiz ishtirokidagi janglarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi:

Jasurbek Latipov (O'zbekiston) – Azamat Isakulov (Qozog'iston)

Murodjon Ahmadaliev (O'zbekiston) – Yonxun Xan (Janubiy Koreya)

Elnur Abduraimov (O'zbekiston) – Jun SHan (Xitoy)

Isroil Madrimov (O'zbekiston) – Abilxan Amankul (Qozog'iston)

Bektemir Meliqo'ziev (O'zbekiston) – Jyabin Xuan (Xitoy)

Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) – Amit (Hindiston)

Iqboljon Xoldorov (O'zbekiston) – Bekdaulet Ibragimov (Qozog'iston)

SHaxram G'iyosov (O'zbekiston) – Sajjad Kozimzodaposhtiri (Eron)

Bahodir Jalolov (O'zbekiston) – Muhammad Mulaes (Suriya)



13:50. Assalomu alaykum qadrli boks ishqibozlari. "O'zbekiston" sport majmuasidan matnli-onlayn translyaciyani boshlaymiz. Bugun sizlar uchun Aziz To'xtamurodov jang saroyidan sportchilarimiz ishtirokidagi janglarni matnli-onlayn translyaciya qilib boradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
05 may 19:04:54
Kaká
Iqboljon gap yo`q . Haqqatda yutdi lekin bermasayam bo`masidi. Tinmadi lekin 3 ta round !!! Barakallo 7-Final !
+1   
05 may 20:14:45
ufcking5
Daxshat natija omad finalda vidolani tasx qoyinglar
+1   
05 may 19:32:51
ZOHIDJON ABDURASULOV
Baxtiyor_Nazarov_Tta foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zbeklarga gap yo'q. 10 ta final bo'lishi kerak edi aslida. Sanjar Tursunov ozgina no'noqlik qildi. Endi 9 ta finalni ko'ramiz va 9 ta oltin.
Notogri oylepsiz yyaxwi tuwdi raqib ham juda kuchli bokschi tan oliw kerak ruhiyatni kotariwni orniga tuwirmoqchimisiz u juda ham yaxwi tuwdi nomi ham levitga yarim final oberdi. Muhimi jchga ertan yollanma olsin olmasa keyin yozing wuningdek hali hech bir tarkib bunaqa mavqega ega bomagan 9 ta final
   
06 may 06:25:36
Bek
Барчани ажойиб ғалабалар билан табриклайман. Ушбу ғалабалар ҳаққоний ҳисоб эвазига қўлга киритилди. Қозоқ ОАВ орқали ғалаба гўёки ўзбек боксчиларимизга бериб юборилганлиги ёки сайтдаги айрим юзерлар томонидан билдирилаётган фикрлар амалда ҳеч нарсани англатмайди ва ички ҳиссиёт эвазига билдирилмоқда. Хозирги замонавий боксда 2-рақам бўлиб ишлаш ва рингдаги ўта фаоллик ғалабани таъминлаб бермайди. Жангларни таҳлил қиладиган бўлсак, Исроил Мадримовнинг жангги яққол устунлик эвазига қўлга киритилди. Бунга ҳеч қандай шубха бўлиши мумкин хам эмас ва буни қозоқ экспертлари хам тан олмоқда. Шунингдек, шубхалидек туюлаётган Жасур Латипов ва Иқболжон Холдаров жангларида бизнинг боксчилар 2-рақам остида ишлаган бўлсада, аммо зарбалар аниқлиги, сони ва сифати бўйича қозоқ боксчиларидан устунликка эга бўлишди. Қозоқлар аввал 2013 йилда қўлга Астанада бўлган ЖЧда қўлга киритилган 5 та олтин қандай қўлга киритилганлигига жавоб бериб олсинлар. Тўғри уй учрашуви ўтказаётган боксчиларда мухлислар кўмаги туфайли устунлик бўлади, лекин буни ҳар доим ён босиш сифатида эътироф этмаслик керак.
   
05 may 21:22:47
ufcking5
Tasxda qoyilar admin
   
05 may 20:50:28
Marco 11
Ешитдик-да Узбекистон бокс терма жамоасининг натижасига бутун дунё хайратда эмиш!!!
   
05 may 20:13:47
ufcking5
Daxshat natija finalda omad
Vidolani tasx qoyinglar
   
05 may 20:12:09
Alixon
Yashavoor vasiliy 9ta!!!
   
05 may 19:54:39
autocomponent
Bu Ozbekiston N 1 shu futbolchilarga ham baksorlarimizdan organishi kerak yurtimiz uchun jon kuydirishni olga Ozbekiston bokschilari bizlar siz bilanmiz
   
05 may 19:38:21
Mirzabek
Nimaga Axmadaliyevni Kaka deb nomlashayapti
   
05 may 19:37:31
Mirzabek
Yana qozoq yutdi yaqqol nohaqlik
   
05 may 19:37:16
Mirzabek
Yana qozoq yutdi yaqqol nohaqlik
   
05 may 19:28:00
Mirzabek
Xoldorov malades
   
05 may 18:56:54
Baxtiyor_Nazarov_Tta
O'zbeklarga gap yo'q. 10 ta final bo'lishi kerak edi aslida. Sanjar Tursunov ozgina no'noqlik qildi. Endi 9 ta finalni ko'ramiz va 9 ta oltin.
   
05 may 18:56:25
AZIZBEK ANDIJON
Bos iqboljon
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing