25 fev 07:22
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ilk kunida 2 ta oltin va 2 ta kumush FOTOREPORAJ
Musobaqaning birinchi kuni qizlar o'rtasidagi rapira bahslarida ishtirok etgan Marjona Usmonova Eron va gonkonglik raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Oltin medal uchun u tailandlik raqibasiga qarshi maydonga chiqdi. Marjona bellashuvda dadil va chaqqon harakatlari evaziga raqibasini mag'lub eta oldi.
SHu o'rinda, sablyachi yigitlarimizning ajoyib ishtirokini alohida takidlash joiz. Ikki iqtidorli yigitimiz Allaniyaz Eshchanov hamda Islambek Abdazov barcha raqiblarini mag'lub etib, finalda o'zaro bahs olib borishdi.
Islambek tengdoshidan mahorat bobida ustun ekanligini namoyish etib, g'alaba nashidasini surdi. SHuningdek, chempionlik yo'lida shpagachimiz Meyirxan Timurov finalda qozog'istonlik Bogdan Lukinga imkoniyatni boy berdi.
Birinchi kun barakali bo'ldi: qilichbozlarimiz 2 ta oltin hamda 2 ta kumush medallariga ega bo'lishdi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar