03 may 15:52
Yangiliklar

Osiyo chempioni bo'lgan o'zbek bokschisiga uy sovg'a qilindi
Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 19-26 aprel kunlari Bangkok shahrida bo'lib o'tgan boks bo'yicha Osiyo chempionatida oltin medal sohibi bo'lgan Bobo Usmon Boturovga faxriy yorliq, pul mukofoti hamda Paxtakor tumanidan namunali asosda qurilayotgan ko'p qavatli xonadonlarda 3 xonalik uy berildi. Ushbu chempionatda ayollar o'rtasida 64 kg vaznda bronza medali sohibasiga aylangan Maftuna Melieva hamda joriy yilning 14-19 aprel kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan dzyudo bo'yicha Osiyo ochiq chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan Anorova SHohistaga faxriy yorliq, qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Fikrlar