30 apr 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov barcha-barchaga minnatdorchilik bildirdi
Bangkokda o'tkazilgan Osiyo chempionati g'olibi Nodirjon Mirzahmedov musobaqa haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Osiyo chempionati terma jamoamiz azolari uchun omadli keldi. Musobaqa davomida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo'ldik. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Ushbu muvaffaqiyatimizning zamirida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan yaratib berilgan sharoitlar turibdi. SHuningdek, barcha murabbiylarimizga rahmat. Fursatdan foydalanib, musobaqa davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman", - dedi Nodirjon Mirzahmedov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar