16 jan 11:53
Yangiliklar
Osiyo hakamlari poytaxtimizda jam bo'ldi
Mazkur seminar joriy yilning 19 yanvar kuniga qadar davom etadi. Velosportning shosse yo'nalishida faoliyat yuritadigan hakamlar uchun "Elite National Comissaire" xalqaro o'quv-kursida o'zbekistonlik referilardan tashqari 15 ta xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan hakamlar malaka oshirmoqda.
Seminarga UCI' ning xorijiy komissari, irlandiyalik Pol Uotson rahbarlik qilmoqda. Qayd etish joizki, Pol Uotsonning bu seminarga masul etib tayinlanishi bejiz emas. Sababi, mamlakatimizdagi xalqaro tadbirlarning deyarli barchasi aynan Polning komissarligi ostida kechadi.
Xalqaro seminar davomida hakamlar velosportning yangi qoidalari, ishlash uslubi va to'g'ri qarorlar qabul qilish bo'yicha o'z malakalarini yanada oshiradilar.
Fikrlar