So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

17 sen 13:00
Yangiliklar

Futbol

Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari boshlanmoqda

Teglar :  FutzalOsiyo Kubogi
Er kurrasining eng katta qitasi – Osiyoda katta futzal karvoni yo'lga chiqmoqda.

20-24-sentyabr kunlari qitamizning 31 ta terma jamoasi Osiyo kubogi-2026 saralash bahslaridagi o'z yurishlarini boshlashadi. Quraga ko'ra jamoalar 8 ta guruhga taqsimlangan. 7 ta guruhda 4 tadan, bitta guruhdan esa 3 ta jamoa o'rin olgan.


O'zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddatda Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan "F" guruhi saralash o'yinlarida ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz Qirg'iziston, SHarqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Guruhlar tarkibi yuqoridagi suratlarda o'z aksini topgan.


Nodir Eliboev shogirdlari dastlabki uchrashuvni 20-sentyabr sanasida Falastin terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 22-sentyabrda esa SHarqiy Timor terma jamoasiga qarshi bahsda parketga chiqishdi. Va nihoyat guruhdagi so'nggi tur musobaqa mezbonlari – Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi 24-sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Musobaqa Reglamentiga binoan guruhlarda birinchi o'rinni egallagan jamoalar Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi final raundi ishtirokchisiga aylanishadi. SHuningdek, guruhlarda ikkinchi o'rinni egallagan – eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan etti jamoaga ham Osiyo kubogi yo'llanmasi nasib etadi. Mazkur 15 jamoaga saralash o'yinlaridan ozod etilgan mezbonlar — Indoneziya futzalchilari qo'shilishadi. 


Osiyo kubogi-2026 final bosqichi 2026-yilning 27-yanvaridan 7-fevraliga qadar Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib o'tadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing