So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

16 okt 13:05
Yangiliklar

Futbol

Osiyo Kubogi-2027. Qita birinchiligiga chiqqan jamoalar 18 taga etdi

2027 yilgi Osiyo Kubogi 7 yanvar - 5 fevral kunlari oralig'ida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.

SHu paytgacha qita birinchiligi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar soni 17 ta edi. 14 oktyabr kuni bo'lib o'tgan saralashning uchinchi bosqich 4-tur uchrashuvlaridan so'ng yana bir jamoa - Suriya ham Osiyo Kubogi yo'llanmasiga ega bo'ldi. Suriya terma jamoasi 9 va 14 oktyabr kunlari Myanmaga qarshi ikkita o'yin o'tkazib, har ikkalasini o'z foydasiga hal etdi – 5:1, 3:0.

Natijada saralash o'yinlari tugashiga ikki tur qolganida 12 ochko bilan muddatidan oldin vazifani bajardi. Malumot uchun, Osiyo Kubogi-2027ning oxirgi saralash bosqichida 24 ta jamoa qatnashyapti va jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Saralash reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan faqat bitta jamoa qita birinchiligiga yo'l oladi. SHu bois ham bitta o'rin uchun kurash oxirigacha kechadi.

Osiyo Kubogiga mezbon Saudiya Arabistonidan tashqari chiqqan jamoalar: Avstraliya, Iroq, Eron, O'zbekiston, Qatar, BAA, Yaponiya, Koreya, Ummon, Falastin, Bahrayn, Iordaniya, Xitoy, Indoneziya, KXDR, Kuvayt, Qirg'iz Respublikasi, Suriya.

SHnday qilib, musobaqa ishtirokchilari soni jami 19 taga etdi va qolgan 5 ta yo'llanma egasi 18 noyabr hamda kelasi yilning 31 mart kuni bo'lib o'tadigan o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi. Bu saralashning eng oxirgi bosqichi hisoblanadi.

4-turdan so'ng o'z guruhlarida peshqadamlik qilayotgan jamoalar:

Filippin – 12 ochko

Livan – 10 ochko

Gonkong – 8 ochko

Turkmaniston – 9 ochko

Suriya – 12 ochko

Malayziya – 12 ochko

Saralashning "A" guruhida ishtirok etayotgan Tojikiston agar keyingi ikkita o'yinda g'alaba qozonmasa, Osiyo chempionatiga chiqa olmasligi mumkin. Hozircha bu guruhda Filippin peshqadamlik qilyapti. Tojikiston oxirgi turni o'z maydonida aynan Filippinga qarshi o'tkazadi va shu o'yinda barcha masala hal bo'lishi mumkin. Eslatib o'tamiz, safarda kechgan birinchi davra bahsida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

P.S. Saralashning 5-tur uchrashuvlari 18 noyabr kuni bo'lib o'tadi:

SHarqiy Timor – Tojikiston

Maldiv orollari – Filippin

Bruney – Livan

Yaman – Butan

Gonkong – Singapur

Bangladesh – Hindiston

SHri Lanka – Tailand

Turkmaniston – Xitoy Taypeyi

Pokiston – Suriya

Afg'oniston – Myanma

Nepal – Malayziya

Laos – Vetnam


Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing