05 dek 14:03
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2027 Saudiya Arabistonida o'tadi
Qatar futbol associaciyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi azosi Alisher Nikimbaevning Telegram'dagi sahifasida malum qilishicha, Butun Hindiston futbol federaciyasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish taklifini qaytarib olganini rasman elon qildi.
SHu tariqa, Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi musobaqani o'tkazishdan manfaatdor yagona tomon bo'lib qoldi. Demak, hozirdanoq Osiyo Kubogi-2027 Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini aytishimiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, umumiy arizalar soni beshta edi. Birinchisi – bir yil avval arizani qaytarib olgan O'zbekiston futbol associaciyasi bo'lsa, ikkinchisi, joriy yilning oktyabr oyida o'yindan chiqqan Eron futbol federaciyasidir. Keyinchalik 2023 yilgi musobaqani o'tkazish huquqini qo'lga kiritgan Qatar futbol associaciyasi avtomatik ravishda davogarlar ro'yxatidan chiqib ketdi. Endi esa ovoz berishdan deyarli ikki oy oldin Hindiston futboli rahbariyati ham bu g'oyadan voz kechdi.
Fikrlar