So’nggi yangiliklar

12:04WBO Ломаченкога чемпионлик учун жанг қилиш имконини беради 0 11:43Элдор Шомуродов ва Аббосбек Файзуллаев Еврокубокларда иштирок этади 0 11:22Усик Криштиану Роналдуга мурожаат қилди 0 11:01Царукян UFC`даги жанг ҳуқуқини 200 000 долларга сотди 0 10:40Рамазон Темиров октагонга чиқадиган UFC турнирининг асосий жанги маълум 0 10:19Тухель нима сабабдан Палмер ва Фоденни ЖЧ-2026 учун Англия терма жамоасига чақирмагани маълум — The Sun 0 09:58Теренс Кроуфорд Усик - Верхувен жанги учун тахмин берди 0 09:37Chess Classic Romania 2026. Синдаровда кетма-кет иккинчи ғалаба. Бугун чемпионлик учун партиялар! 0 09:16Ҳумоюн Султонов Австрия турнири бош соврини учун ўйнайди 0 08:55Ҳусановнинг собиқ жамоаси тарихида биринчи марта мамлакат Кубогини қўлга киритди 0 08:34Сауль Альварес сўнгги бир йилда дунёдаги энг кўп маош олувчи боксчига айланди 0 08:13Златан Ибрагимович Фьюри билан жангини "эълон қилди" 0 07:52"Ролан Гаррос". Кудерметова асосий тўрга йўлланма тақдим этган финал баҳсида кортга чиқди 0 07:31Конго ДР Жаҳон чемпионатига бора олмаслиги мумкин 0 19:01Том Аспиналл Перейра — Ган жанги учун тахмин билдирди 0

01 fev 18:24
Yangiliklar

Futbol

Osiyo Kubogi. Qatar – O'zbekiston uchrashuvini qaysi mamlakat hakamlari boshqarishi aniq bo'ldi

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan Qatar – O'zbekiston o'yinini koreyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Unga hamyurtlari Yon Jae Yol hamda Park Sang Jun yordam berishsa, zaxira hakami sifatida quvaytlik Abdulla Jamali ishlaydi. SHuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Kim Jong Xeok (Janubiy Koreya) bajarsa, AVAR sifatida quvaytlik Ahmad Alali ishlashi ko'zda tutilgan.

Malumot uchun, Kim Xi Gon joriy mavsum jami 5 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to'g'ri keladi. Joriy mavsum ishlagan o'yinlari davomida ushbu hakam cho'ntagidan jami 15 marta sariq kartochka, 1 bor qizil kartochka chiqargan va 2 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.

Malumot uchun, Kim Xi Gon bu Osiyo kubogida Saudiya Arabistoni - Tailand uchrashuvida bosh hakam bo'ldi. 

Bundan tashqari ushbu hakam O'zbekiston klublari ishtirokidagi quyidagi o'yinlarda ishlagan: 
"Nasaf" - "Al Faysali" 3:1
"Nasaf" - "Al Vihdat" 2:0
"Xo'jand" - "So'g'diyona" 0:4
"Paxtakor" - "Eyr Fors" 2:1

Osiyo Kubogi-2023 | 1/4 final
03.02.2024 | 20:30 (Toshkent vaqti)
QATAR – O'ZBEKISTON
“Al-Bayt” stadioni, Al-Hor shahri
Bosh hakam
: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
Qanot hakamlari: Yon Jae Yol, Park Sang Jun (ikkisi Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Abdulla Jamali (Quvayt)
VAR: Kim Jong Xeok (Janubiy Koreya)
AVAR: Ahmad Alali (Quvayt)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing