09 apr 12:58
Yangiliklar
Futbol
Osiyo kubogi. Qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi
Kecha qizlar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogining uchinchi tur bahslari yakunlandi.
Ushbu turda terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, O'zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba Osiyo kubogi musobaqasining chorak finaliga yo'l oldi.
Ushbu bosqichda jamoamizga Xitoy U-20 terma jamoasi raqiblik qiladi. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi. Olg'a O'zbekiston!
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar