So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

01 iyu 18:39
Yangiliklar

Tadbirlar

Osiyo Olimpiya kengashi bilan hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilmoqda

Poytaxtimizga Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Qoidalar qo'mitasi raisi Talal Fahad Al Ahmad Al Sabah tashrif buyurdi.

Safar davomida martabali mehmon ishtirokida OOK bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi. Mehmonni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov qarshi olishdi.

Uchrashuvda O.Kasimov yurtimizda Olimpiya harakati va sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga qaratilayotgan etibor, bu borada olib borilayotgan islohotlar, amaliy ishlar xususida to'xtalib o'tdi. A.Kamilov mamlakatimizda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarlik xususida malumot berdi.

O'z o'rnida, martabali mehmon O'zbekiston OOKning eng faol azolaridan biri ekanini alohida takidlab, yurtimiz sportining potencialiga yuqori baho berdi. Qayd etish joiz, Talal Al Sabah 8 iyul kuni o'tadigan OOK Prezidentligiga saylovda nomzodlardan biri hisoblanadi. 

Uchrashuv davomida u o'zining amalga oshirishi kutilayotgan rejalari, OOK va qitamiz sportining rivojlantirish bo'yicha loyihalari haqida batafsil malumot berdi. Samimiy ruhda o'tgan suhbat davomida nafaqat OOK, balki Quvayt va O'zbekiston sportidagi hamkorlikning yangi qirralari xususida ham so'z bordi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing