21 avg 18:39
Yangiliklar
Kurash, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Bahromov bronza uchun gilamga chiqdi
Indoneziyaning Jakarta shahrida 18-Osiyo o'yinlarining navbatdagi kuni ham o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina o'zbekistonlik sportchilarning bugungi kun dasturidan o'rin olgan so'nggi vakilining chiqishini kuzatdik. Yunon-rum kurashi musobaqasida ishtirok etgan Islom Bahromov bronza medali uchun gilamga chiqdi.
Afsuski, u eronlik raqibi Mehrdod Mardaniga 0:8 hisobida imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo'lga kirita olmadi. Bu bilan terma jamoamiz azolarining bugungi ishtiroklari yakunlandi.
Surat muallifi Marufjon Askarov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar