26 avg 14:21
Yangiliklar
Og'ir atletika, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Navbatdagi kumush, medallarimiz soni 25taga etdi!
Osiyo o'yinlarining navbatdagi kungi bahslari ham o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Hozirgina O'zbekiston sport delegaciyasi g'aznasi yana bir medalga boyidi. Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan og'ir atletika musobaqasida hamyurtimiz Omadoy Otaqo'zievaga omad kulib boqdi.
Vakilamiz -75 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etdi va dast ko'tarishda 101kg, siltab ko'tarishda esa 131 kg natija ko'rsatdi. Umumiy hisobda 232 kg toshni o'ziga bo'ysundirgan Omadoy KUMUSH medal sohibasiga aylandi.
Bu terma jamoamizning Osiyo o'yinlaridagi 25-medali bo'ldi. Hozircha O'zbekiston sport delegaciyasi 5 ta oltin, 11 ta kumush, 9ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 10-o'rinni egallab turibdi.
Kamoliddin Alimov, suratlar muallifi - Hasan Pirmuhammedov (Indoneziya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar