26 avg 15:56
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari-2018. Nuriddinov dast ko'tarishda 7 kilogrammlik ustunlikka erishdi, u oltinga yaqin! FOTO
Asosiy umidimiz hisoblangan Ruslan Nuriddinov Osiyo o'yinlari chempioni bo'lishga yaqin turibdi. Unda aynan Osiyo o'yinlarining medali yo'q, qolgan barcha qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan medallarga ega chiqqan.
Hozirgina -105 kg vazn toifasidagi dast ko'tarish bahslari yakuniga etdi. Unda Ruslan uchchala imkoniyatdan ham unumli foydalandi. Nuriddinov 183, 187 hamda 191 kg og'irlikdagi toshni o'ziga bo'ysundira oldi.
Bu bilan u eng yaqin taqibchisi eronlik sportchini 7 kilogrammga ortda qoldirdi. Birozdan so'ng siltab ko'tarish bahslari boshlanadi va ikkikurash natijasiga ko'ra g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Kamoliddin Alimov, suratlar muallifi - Hasan Pirmuhammedov (Indoneziya)
Fikrlar