27 avg 14:05
Yangiliklar
Og'ir atletika, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Terma jamoamizda 12-bronza medal! FOTOGALEREYA
Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan og'ir atletika musobaqasida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlanmoqda.
Hozirgina +105 kg vazn toifasidagi atletlar bahsida sovrinli uchlikdan joy olgan og'ir atletikachilar nomi malum bo'ldi. Ikki kurash yakunlariga ko'ra 455 kg toshni o'ziga bo'ysundirgan Rustam Jangabaev bronza medalini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz kumush medal sohibi eronlik Ali Xussaynidan bor yo'g'i 1 kg kam natija qayd etdi. Oltin medal yana bir eronlik og'ir atletikachi Behdad Salimkordasiabiga nasib etdi.
Suratlar muallifi - Maruf Asqarov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar