30 sen 12:12
Yangiliklar
Kurash, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari. Kurashchilarimiz ilk kunda 3 ta oltin va 1 ta kumush medal qo'lga kiritishdi
Xitoyning Xanchjou shahrida 19-Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Bugundan musobaqada kurash bo'yicha bellashuvlar start oldi.
Kun o'zbekistonlik polvonlar uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bugun vakillarimiz musobaqada 4 nafar sportchi bilan ishtirok etishgandi. Etiborlisi, ularning barchasi medal qo'lga kiritdi.
Terma jamoamiz safida sovrindor bo'lgan kurashchilarimiz ro'yxati:
-66 kg: Artyom SHturbabin (oltin)
+90 kg: Muhsin Hisomiddinov (oltin)
-52 kg: Hilola Ortiqboeva (oltin)
-52 kg: Sitora Elmurodova (kumush).
Osiyo o'yinlarida kurash bahslari 1 va 2 oktyabr kunlari ham o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar