So’nggi yangiliklar

17:29"Мен асосий даъвогарман. Махачев мендан қочди" - Карлос Пратес 0 16:52Диёра Келдиёрова Ута Абе билан солиштиришлари ҳақида: "Бу ҳудди Месси ва Роналдуни таққослагандек" 0 16:14Моуринью "Реал"нинг навбатдаги рекордини ўрнатди 0 15:30UFC’нинг япониялик жангчиси Алмабаев устидан қозонилган ғалабадан кейин узр сўради ва кейинги рақибини танлади 0 14:19Рамазон Темиров Хоригучини жангга чорлади 0 13:13Қозоғистон президенти ўзбекистонлик боксчига фуқаролик бериш тўғрисидаги фармонни имзолади 0 12:30ОЧЛ. “Ал-Ҳилол” Фарғонага тўрт футболчисисиз келди 0 11:21Мераб Двалишвили навбатдаги жангини қачон ўтказишга тайёр бўлишини айтди 0 10:30Иржи Прохазка нокаутли мағлубиятини изоҳлади 0 09:59Бугун Жаҳон чемпионатининг аралаш жамоавий беллашувлар ўтказилади. Ўзбекистонда жиддий рақиб! 0 09:28"Арсенал" мағлубиятдан қутилиб қолди 0 08:57Иржи Прохазка - Навахо Стирлинг жангига ММА оламининг муносабати 0 08:26Комплект медалларни қўлга киритган Ўзбекистон жаҳон чемпионатини нечанчи ўринда якунлади? 0 07:55UFC Fight Night 294 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Улар орасида қозоқ жангчиси ҳам бор! 0 07:24"Реал" яна камбэк қилди, бу сафар "Сельта" мағлуб этилди 0

05 okt 12:02
Yangiliklar

Futbol

Osiyo o'yinlari: Xitoy matbuoti o'yindan so'ng O'zbekiston terma jamoasi xodimi CHjan Yuningni bo'g'ib olganini takidlamoqda

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlarining erkaklar futboli musobaqasida bronza medali uchun kechgan bahsda Xitoy U-23 terma jamoasi penaltilar seriyasida O'zbekiston U-23 vakillarini mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng xitoylik sport sharhlovchisi Dun Lu ijtimoiy tarmoqlarda video elon qilib, o'yindan keyingi mojaro vaqtida O'zbekiston terma jamoasi xodimlaridan biri xitoylik hujumchi CHjan Yuningning bo'ynidan bo'g'ib olganini davo qildi.

Dun Lu elon qilgan videosida holatni quyidagicha izohlagan: "O'yindan so'ng O'zbekistonning bir xodimi kelib, CHjan Yuningni bo'g'ib oldi. Bu haqiqatan ham haddan oshish edi. CHjan javob qaytarishga chog'landi, ammo yakunda o'zini qo'lga oldi. SHundan so'ng ikki tomon o'rtasida ommaviy tortishuv boshlandi. CHjan atrofdagilarga "u meni bo'g'ib oldi", deya ishora qildi va arz qilish uchun hakamni izlab ketdi".

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, futbolchi dastlab hakamlar libosidagi boshqa shaxsning oldiga borgan, biroq u bosh hakam emasligini bilgach, haqiqiy hakamni topib, unga vaziyatni tushuntirgan. Biroq bosh hakam ortiqcha muammolardan qochish maqsadida bunga etibor qaratmagan va futbolchiga ketishni buyurgan. Hakamdan najot topmagan CHjan esa raqiblari tomon etiroz bildirishda davom etgan. Dun Lu o'z xabarini "Nima bo'lganda ham biz g'alaba qozondik, kimga qiyin bo'lganini o'zi biladi", degan xulosa bilan yakunlagan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing