So’nggi yangiliklar

15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 18:35Осиё ўйинларининг 11-кунида Ўзбекистон делегацияси 9 та медаль қўлга киритди 0 18:30Осиё ўйинлари. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Японияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлиб, финалга чиқолмади 0 17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0

01 okt 15:01
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

Osiyo o'yinlarining 12-kunini ikkita kumush medal bilan yakunladik

Teglar :  Osiyo o'yinlari
1 oktyabr kuni Yaponiyadagi Osiyo o'yinlarida o'n ikkinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida o'zbekistonlik sportchilar 2 ta kumush medalini delegaciyamiz hisobiga qo'shib qo'yishdi. 

Sovrindorlarimiz: 

Kumush:

SHahram Ahadov (dzyudo)

Alisher G'aniev (yunon-rum kurashi)



Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.


15:02. Voleybol. Erkaklar terma jamoamiz Vetnamga 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. 


15:00. Regbi. Erkaklar terma jamoamiz ikkinchi o'yinda Xitoyga 0:50 hisobida yutqazishdi. 


14:55. Velosport. Sergey Rostovcev omnium bahslarini 6-o'rinda yakunladi.


14:50. Dzyudo. Xurshida Razzoqberdieva bronza uchun bahsda KXDR vakilasiga yutqazdi.


14:41. Yunon-rum kurashi. Alisher G'aniev finalda qirg'izistonlik raqibga qarshi kurashdi va alamli tarzda mag'lub bo'ldi... KUMUSH MEDAL! Sportchimiz 5:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda 5:7 hisobida imkoniyatni boy berdi...


13:55. Badiiy gimnastika. Yakkalik bahslarida saralash bellashuvlari davom etmoqda. Taxmina Ikromova va Lola Jo'raeva o'z chiqishlarini yakunlab bo'ldi. Taxmina 2, Lola esa 6-o'rinni egallab turibdi. Finallar 3 oktyabr kuni o'tkaziladi. 


13:49. Dzyudo. Marjona Nurulloeva bronza medali uchun bahsda qozog'istonlik raqibasiga uchta shido bahosi bilan yutqazdi.


13:38. Dzyudo. SHahram Ahadov finalda BAA vakiliga imkoniyatni boy berdi va KUMUSH medal bilan Osiyo o'yinlarini yakunladi.  


13:09. Dzyudo. SHukurjon Aminova bronza uchun bahsda yaponiyalik raqibasiga mag'lub bo'ldi. 


12:35. Tennis. Humoyun Sultonov Xitoy Taypeyi vakilini 7:6, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. Bu orqali Humoyun bronza medalini naqd qildi. Ammo bu bilan to'xtab qolish kerak emas.


11:15. Dzyudo bahslarida medallar uchun bellashuvlar 13:00da, sport kurashlarida esa 14:00da boshlanadi. 


11:05. Dzyudo SHahram Ahadov yaponiyalik raqibini Golden Score'da mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. 


10:55. Dzyudo. SHukurjon Aminova uchta shido evaziga koreyalik raqibasiga yutqazdi. Endi u ham bronza uchun bahs olib boradi. 


10:47. Dzyudo. Xurshida Razzoqberdieva o'tish bahsida Xitoy Taypeyi vakilasini ippon evaziga mag'lub etdi.


10:21. Dzyudo. Marjona Nurulloeva bronzaga o'tish bahsida qirg'izistonlik raqibasini mag'lub etdi.


10:08. Dzyudo. Xurshida Razzoqberdieva chorak finalda mo'g'ulistonlik raqibasiga yutqazdi. 


9:55. Slalomda eshkak eshish. Anvar Klevleev afsuski finalni 4-o'rinda yakunladi...


9:16. Dzyudo. Marjona Nurilloeva afsuski chorak finalda KXDR vakilasiga mag'lub bo'ldi.


9:09. Dzyudo. SHahram Ahadov koreyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi!


8:52. Dzyudo. SHukurjon Aminova qozog'istonlik raqibasini uchta shido evaziga mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi!


8:37. Dzyudo. Xurshida Razzoqberdieva bangladeshlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. 


8:30. Regbi. Erkaklar terma jamoamiz Gonkongga 0:45 hisobida mag'lub bo'ldi.


8:25. Slalomda eshkak eshish. Anvar Klevleev ikkinchi natija bilan finalga yo'l oldi. Medallar uchun bahslar soat 9:30da boshlanadi.


8:20. Yunon-rum kurashi. Alisher G'aniev eronlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqdi!


8:04. Dzyudo. Arslonbek Tojiev tojikistonlik raqibiga mag'lub bo'ldi.


7:35. Yunon-rum kurashi. Alisher G'aniev yaponiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. 


7:24. Yunon-rum kurashi. Amirxon Berdiqulov koreyalik raqibiga mag'lub bo'ldi.


7:21. Ayollar kurashi. Muhayyo Narzilloeva xitoylik raqibasiga mag'lub bo'ldi.


7:19. Dzyudo. SHahram Ahadov afg'onistonlik raqibidan ippon evaziga ustun keldi. 


7:15. Dzyudo. SHukurjon Aminova qirg'izistonlik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi.


7:05. Jiu-jitsuchimiz Elbek Rahmatullaev g'alaba bilan boshladi. Ikkinchi bahsda esa afsuski mag'lub bo'ldi. Qolgan sportchilarimiz ham o'z ishtiroklarini yakunlashdi.


6:45. Yunon-rum kurashi. Abdullo Aliev koreyalik raqibiga yutqazdi.


6:40. Alisher G'aniev filippinlik raqibini mag'lub etdi.




Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing: 

(Toshkent vaqti bilan)

2:30 - Golf - jamoaviy

5:25 - Regbi, erkaklar - Gonkong - O'zbekiston

5:30 - Jiu-jitsu, saralash va final - Elbek Rahmatullaev

6:00 - Velosport, omnium - Sergey Rostovcev

6:15 - Jiu-Jitsu, saralash va final - Sirojbek Rustamov 

6:30 - Slalomda eshkak eshish, yarim final - Anvar Klevleev

6:37 - Yunon-rum kurashi, saralash va final - Alisher G'aniev - Joe Fer Kallado (Filippin)

6:44 - Yunon-rum kurashi, saralash va final - Abdullo Aliev - Eong Xun Nox (Janubiy Koreya)

7:00 - Ayollar kurashi, saralash va final - Muhayyo Narzilloeva - Ki Jang (Xitoy) 

7:00 - Dzyudo, saralash va final - SHukurjon Aminova

7:10 - Yunon-rum kurashi, saralash va final Amirxon Berdiqulov - Min Xo Li (Janubiy Koreya)

7:30 - Badiiy gimnastika, saralash - Taxmina Ikromova

7:30 - Badiiy gimnastika, saralash - Lola Jo'raeva

7:30 - Dzyudo, saralash va final - SHahram Ahadov

8:00 - Dzyudo, saralash va final - Arslonbek Tojiev

8:15 - Dzyudo, saralash va final - Xurshida Razzoqberdieva

8:30 - Dzyudo, saralash va final - Marjona Nurulloeva

11:15 - Regbi, erkaklar - Xitoy - O'zbekiston

12:00 - Voleybol, erkaklar - Vetnam - O'zbekiston

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing