So’nggi yangiliklar

18:01ФИФА кунларида учта ўйин ўтказамиз, Осиё Кубогидаги рақибларимиз-чи? 0 17:25Осиё ўйинларининг тўртинчи кунини тўртта медаль билан якунладик 0 17:062,5 баробар кўп! Осиё ўйинларида ғолиб бўлган спортчиларга бериладиган пул мукофоти миқдори оширилди 0 15:27Ўзбекистонда теннис бўйича ATP Челленжер мусобақаси ўтказилади 0 15:00Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Хитой ва бошқа жуфтликлар 0 14:18Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Исроил терма жамоаларига 6-турда техник мағлубият қайд этилди 0 12:45200 минг доллар?! Ўзбекистонда шахматчиларни рағбатлантиришнинг янги тартиби эълон қилинди 0 12:10Ўзбекистон ва Саудия Арабистони: Осиё ўйинларидаги тўқнашувларда қандай натижалар қайд этганмиз? 0 11:24Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон Хитойга қарши ўйнайди ва бошқа рақибларимиз 0 10:28Осиё ўйинлари. Уч кундан сўнг медаллар жамғариш рейтингидаги ўрнимиз қандай? 0 19:05Осиё ўйинларининг тўртинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 18:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё ўйинлари чорак финалида Саудия Арабистони билан тўқнаш келади 0 18:20Осиё ўйинларининг учинчи кунида учта медаль қўлга киритилди 0 17:25ММАчиларимиз Осиё ўйинларини 3 та медаль билан якунлашди 0 16:43UFC: Богдан Гусковнинг рейтингида яна ўзгариш бўлди 0

23 sen 17:25
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

Osiyo o'yinlarining to'rtinchi kunini to'rtta medal bilan yakunladik

23 sentyabr kuni Yaponiyadagi Osiyo o'yinlarida to'rtinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Sovrindorlarimiz:

Polina Volobueva (qilichbozlik, bronza)

Saydullo Abdurashitov (ushu, bronza)

Doniyor Turg'unboev (ushu, bronza)

O'zbekiston terma jamoasi (kibersport, futbol, bronza)


Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.


17:08. Kibersport. Futbol bahslari yarim finalida Malayziyaga imkoniyat boy berildi. Bu orqali hamyurtlarimiz bronza medaliga ega chiqishdi. 


15:52. Afsuski, ushuchimiz Doniyor Turg'unboev (75 kg) musobaqa yarim finalida eronlik Soheyl Musaviga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi. Bu orqali hamyurtimiz Osiyo o'yinlarining bronza medaliga ega chiqdi.


15:37. Suv polosi bo'yicha saralash bahslari davom etmoqda. Ayollar terma jamoamiz Tailandga qarshi bahsda 10:16 hisobida mag'lub bo'ldi.


15:28. CHim ustida xokkey. Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahsda qizlarimiz 1:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.


14:47. Nigora Abdullaeva ishtirokidagi siltab ko'tarish bahslari ham nihoyasiga etdi. Sportchimiz 110 kg natija qayd etdi. Yakunda uning umumiy natijasi 201 kgni tashkil etdi va bu orqali Abdullaeva Osiyo o'yinlarini beshinchi o'rinda nihoyasiga etkazdi.


14:37. Bizda yana bir bronza! Ushuchimiz Saydullo Abdurashitov (56 kg) musobaqaning yarim final bosqichida xitoylik Jiaming Ouga mag'lub bo'ldi va Osiyo o'yinlarini bronza medali bilan yakunladi.


14:32. Skvosh bo'yicha musobaqalar biz uchun omadsiz kechmoqda. Bu safar Mannona Mamajonova koreyalik, Yahyoxon Nazirov esa gongkonglik raqibiga mag'lub bo'ldi.


13:50. Og'ir atletikachimiz Nigora Abdullaeva dast ko'tarish bahslarini 91 kg natija bilan tugatdi. Bu guruhda beshinchi natija hisoblanadi. Oldinda siltab ko'tarish bahslari bor. 


13:13. Gandbolchi qizlarimiz Koreya Respublikasi terma jamoasi bilan o'yinda 13:43 hisobida mag'lub bo'lishdi.


13:04. Anna Yugay ayollar o'rtasidagi skvosh bellashuvlarining 1/16 final bosqichida indoneziyalik Vay In Auga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.


12:40. Qilichbozlik: Polina Volobueva ushbu sport turidagi ilk medalimizga ega chiqdi. Hamyurtimiz rapira bahslarida bronza medalini qo'lga kiritdi. Polina yarim final bosqichida koreyalik raqibasiga 12:15 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.


12:07. Akademik eshkak eshish. O'zbekiston terma jamoasi to'rtligi saralashda marraga ikkinchi bo'lib etib keldi va A finalga yo'l oldi. Yigitlarimiz ertaga medallar uchun startga chiqishadi. SHuningdek, Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva juftligi o'z saralash guruhini eng yaxshi natija bilan yakunladi. SHahzod Nurmatov va Sobirjon Safaroliev esa ikkinchi eng yaxshi natija bilan A finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


12:00. Akademik eshkak eshishda yana bir to'rtligimiz (quadruple) ham o'z guruhida marraga ikkinchi bo'lib keldi va A finalga yo'l oldi. Medallar uchun final ertaga bo'ladi.



11:55. Suv polosida qizlarimiz Tailandga 10:16 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


11:45. Skvosh. Muhammadmustafo Abdurahmonov malayziyalik raqibiga 0:3 hisobida yutqazdi.


11:15. Qilichbozimiz Polina Volobueva rapira dasturida yarim finalga yo'l oldi! Saralash guruhini anchayin sermahsul o'tkazgan Polina nimchorak final bosqichida indoneziyalik Amita Berter, chorak finalda esa xitoylik Fu Yingyingni taslim etdi. Afsuski, sablya yo'nalishidagi Musa Aymuratov hamda Islombek Abdazov musobaqani nimchorak final bosqichida tark etishdi.


10:55. 3x3 basketbol. Qizlarimiz mezbon Yaponiyaga qarshi bahsda 11:19 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


10:30. Engil vaznli qayiqda eshkak eshish saralashida ishtirok etgan Firdavs Oxunov 7:28.13 soniya natija bilan A finaliga yo'l oldi.


10:25. Anna Prakaten akademik eshkak eshishning yakkalik dasturi saralashini muvaffaqiyatli yakunladi. U raqiblarini qariyb 30 soniyadan oshiqroq vaqtga ortda qoldirib, A finali chiptasiga ega chiqdi.


O'q otuvchimiz Nigina Saidqulova 10 m masofaga pnevmatik to'pponchadan o'q otish bahslarida 570 ochko jamg'arib, 20-natijani qayd etdi. Bu unga final chiptasini qo'lga kiritishi uchun kamlik qildi. SHuningdek, sket dasturida chiqish qilgan Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov hamda Behruz SHarapov ham saralashdan o'ta olishmadi.


Akademik eshkak eshuvchilarimiz ishtirokidagi barcha saralash bahslari biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. SHahboz Xolmurzaev yakkalik yo'nalishida A finaliga yo'l oldi. Mehrojbek Mamatqulov va Pavel Sorin juftligi birinchi saralash guruhida 6:14.71 soniya natija bilan birinchi bo'ldi va A finali masalasini hal qildi. Xuddi shunday tarzda Maksim Golubev va Alisher Turdiev juftlik yo'nalishida medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Bundan tashqari, ayollar to'rtligi dasturida ham A finali yo'llanmasiga ega chiqildi.


10:01. Erkaklar o'rtasida veloshosse bo'yicha guruh poygalari nihoyasiga etdi. Biz uchun medalsiz. Marra chizig'ini Nikita Cvetkov 12, Murodjon Xolmurodov 18, Diyor Toxirov esa 20-bo'lib kesib o'tdi.


9:57. Qilichbozlarimiz musobaqani g'alabalar bilan boshlashdi. Sablya yo'nalishidagi bahslarda Musa Aymuratov yaponiyalik SHido Sumorini 15:5, Islombek Abdazov esa quvaytlik Amar Alammarini 15:9 hisobida mag'lub etdi. Har ikki sportchimiz nimchorak final bosqichida.


9:38. Alimardonova bronza medali uchun kechgan bahsda Malayziya vakilasi SHahmalarani CHandranga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.


9:35. Asel Erkebaeva mo'g'ulistonlik raqibasini 4:1 hisobida mag'lub etdi.


9:30. Stol tennisi. Arujan Kamalova nepallik raqibasini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.


9:25. Suzish. 100 metrga chalqancha suzish bahslarida Parizod Abdukarimova 1:05.34 natija ko'rsatdi. 18-o'rin sportchimizga finalga chiqishga etarli bo'lmadi.


9:22. Stol tennisi. Miks bahslarida Xitoyga 0:3 hisobida yutqazdik.


9:20. Karatechimiz Gulshan Alimardonova dastlabki bosqichda tailandlik Sirikamonmateni, chorak finalda esa Saudiya Arabistoni vakili Joud Myajanni taslim etdi, afsuski, yarim final bosqichida hamyurtimiz malayziyalik raqibasi oldida ojiz qoldi. Endi u bronza medali uchun kurash olib boradi.



23 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing: 

(Toshkent vaqti bilan)


Velosport, shosse, final - 5:00 - Murodjon Xolmurodov

Velosport, shosse, final - 5:00 - Diyor Toxirov

Velosport, shosse, final - 5:00 - Nikita Cvetkov

Akademik eshkak eshish, erkaklar - 5:00 - SHahboz Xolmurzaev

Akademik eshkak eshish, erkaklar juftligi - 5:20 - Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin

O'q otish, ayollar, 10 m to'pponchadan - 5:45 - Nigina Saidqulova

O'q otish, erkaklar, sket - 6:00 - Ruslan Utaganov

O'q otish, erkaklar, sket - 6:00 - Bekzod Abdurahimov

O'q otish, erkaklar, sket - 6:00 - Behruz SHarapov

O'q otish, erkaklar jamaoviy, sket - 6:00 - Bekzod Abdurahimov, Behruz SHarapov, Ruslan Utaganov

Qilichbozlik (rapira), ayollar - 6:00 dan so'ng - Polina Voloboueva

Qilichbozlik (sablya), erkaklar - 6:00 dan so'ng - Musa Aymuratov

Qilichbozlik (sablya), erkaklar - 6:00 dan so'ng - Islombek Abdazov

Akademik eshkak eshish, erkaklar juftligi - 6:10 - Maksim Golubev/Alisher Turdiev

Suzish, 100 m chalqancha usulda - 6:25 - Parizod Abdukarimova

Stol tennisi, aralash jamoaviy dastur - 6:40 - O'zbekiston - Xitoy

Akademik eshkak eshish, ayollar to'rtligi - 6:50 - Rayhon Sattorova/Mariya Sergeeva/Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva

Karate, ayollar - 8:05 - Gulshan Alimardonova - Sirikammonatte CHokprasertgul (Tailand)

Stol tennisi, ayollar - 8:05 - Arujan Kamalova - Evana Tapa (Nepal)

Stol tennisi, ayollar - 8:50 - Asel Erkebaeva - Burenjargal Sanjaa (Mo'g'uliston)

3x3 basketbol, ayollar - 10:05 - Yaponiya - O'zbekiston

Akademik eshkak eshish, ayollar - 10:10 - Anna Prakaten

Suv polosi, ayollar - 10:30 - O'zbekiston - Tailand

Akademik eshkak eshish, erkaklar - 10:30 - Firdavs Oxunov

Akademik eshkak eshish, erkaklar juftligi - 11:00 - SHahzod Nurmatov/Sobirjon Safaroliev

Akademik eshkak eshish, ayollar juftligi - 11:20 - Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva

Gandbol, ayollar - 11:30 - O'zbekiston - Koreya Respublikasi

Skvosh, erkaklar - 11:30 - Muhammadmustafo Abdurahmonov - Sanjey Jiva (Malayziya)

Akademik eshkak eshish, erkaklar to'rtligi - 11:40 - SHahboz Xolmurzaev/Davrjon Davronov/Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin

Akademik eshkak eshish, erkaklar to'rtligi - 12:00 - Fazliddin Karimov/Dilshodjon Xudoyberdiev/Maksim Golubev/Alisher Turdiev

Skvosh, ayollar - 12:15 - Anna Yugay - Inn Vay Yong (Singapur)

Skvosh, ayollar - 12:15 - Mannona Mamajonova - Ryo Boyam (Koreya Respublikasi)

CHim ustida xokkey, ayollar, 13:00 - O'zbekiston - Yaponiya

Skvosh, erkaklar - 13:00 - Yahyoxon Nazirov - Lau C Kvan (Gongkong)

Og'ir atletika, ayollar (53 kg) - 13:00 - Nigora Abdullaeva.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing