13 dek 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyoning eng yaxshi boks hakami va shifokori ham O'zbekistondan!
Xabar berganimizdek, Osiyo boks konfederaciyasi 13ta nominaciya bo'yicha 2018 yilning eng yaxshilarini elon qilgan edi.
Etiborlisi, 13ta nominaciyadan 4tasida o'zbekistonliklar etirof etildi. O'zbekiston boks federaciyasi "Yilning eng yaxshi federaciyasi", Isroil Madrimov esa haqli ravishda 2018 yilning "Eng yaxshi erkak bokschisi" deb topildi.
SHuningdek, yana ikkita nominaciyada biznikilar tengsiz bo'lishdi. Tajribali AIBA referisi Aleksandr Hamidov "Yilning eng yaxshi hakami" deb topilgan bo'lsa, "Osiyoda yilning eng yaxshi texnik mutaxassisi" yo'nalishida Dilshod Kazakovga teng keladigan raqib topilmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar