12 okt 11:38
Yangiliklar
Og'ir atletika, Olimpiya o'yinlari
O'smirlar Olimpiadasi: Muhammadqodir kumush medalga ega chiqdi!
Argentinaning Buenos-Ayres shahrida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarining og'ir atletika bahslari boshlandi.
Bahslarga birinchilardan bo'lib -77kg vazn toifasidagi atletimiz Muhammadqodir Toshtemirov kirishdi. Hamyurtimiz dast ko'tarishda 140kg., siltab ko'tarishda esa 168kg., toshni o'ziga bo'ysundirdi. Umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan sportchimiz yakunda kumush medalga ega chiqdi.
Ushbu yo'nalishda oltin va bronza medallar mos ravishda Armaniston va Misr sportchilariga nasib qildi. Bugungi kunga kelib, O'zbekiston terma jamoasi hisobida 1ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza medallari mavjud.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar