11 iyu 14:22
Yangiliklar
Kurash

O'smirlarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medalga sazovor bo'ldilar
Xitoy Taypeyining Taychjun shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Terma
jamoamiz hisobiga oltin medalni erkin kurash bo'yicha bo'lib o'tgan bellashuvlarda
Rustambek Jo'raev (-46 kg)
keltirdi. Umidli sportchimiz saralash bahslarida Tailand hamda Eron terma
jamoalari azolarini, yarim finalda esa SHimoliy Koreya vakilini mag'lub etib, hal
qiluvchi final bellashuvida qozog'istonlik Nurimbet Atabek uludan 10-0 hisobida
ustun keldi.
.jpg)
.jpg)
Mazkur Osiyo chempionatida finalga qadar kechgan bahslarni mag'lubiyatsiz o'tkazgan yunon-rim kurashi vakillari Elbek Ergashev (-46 kg) hamda Muhamadqodir Yusupov (-58 kg) kumush medal sovrindori bo'ldilar.
Bundan
tashqari Islom Ilxomov (-42 kg,
erkin kurash), Xadicha Najimova (-52
kg, ayollar kurashi), Ixtiyor Botirov (-42 kg, yunon-rim kurashi),
Muhammadali Obidjonov (-54 kg,
yunon-rim kurashi) va Parviz Mo'minov (-76 kg, yunon-rim kurashi) bronza medallari bilan
taqdirlandilar.
Havola :
Fikrlar