14 apr 18:20
Yangiliklar
Futbol

Oston O'runov bolalikdagi ustoziga mashina sovg'a qildi
Kuni kecha o'zining 70 yoshlik yubileyini nishonlagan murabbiy Temur Olimxo'jaev shogirdlaridan biri hisoblangan Oston O'runovdan ajoyib hadyani qabul qilib oldi.
"Futbol Ekspress" xabariga ko'ra, milliy terma jamoaning etakchilaridan biri Oston O'runov o'smirlik chog'idagi ustoziga Cobalt avtomashinasini sovg'a qilgan.
Temur Olimxo'jaev 1975–1979 yillarda "Paxtakor" futbol klubida to'p tepgan. 1979 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, bolalar futboli murabbiyi sifatida ish boshlagan. 2002 yilda Viktor Borisov va Temur Olimxo'jaev boshchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarixda ilk bor U-20 Jahon chempionatiga yo'l olgan. Temur Turobovich 2016 yilda O'zbekiston U-16 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etgan. SHuningdek, bir necha bor "Yilning eng yaxshi bolalar futboli murabbiyi" deb topilgan.
Havola :
Fikrlar