So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

10 noy 17:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Otabek Umarov o'zbek MMAchilari haqida: Ular tezda muvaffaqiyatga erishib, g'alabalar qozonishiga shubham yo'q

Teglar :  MMAOtabek Umarov
O'zbekistonda yangi tashkil etilgan MMA associaciyasi rahbari Otabek Umarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"SHu kunlarda tashkil etilgan O'zbekiston aralash jang sanatlari associaciyasiga rahbarlik qilish masuliyati menga ishonib topshirilgani uchun o'z minnatdorligimni izhor etaman.⠀

Bu tashkilot shu vaqtgacha faqat o'zlari shug'ullanib kelgan, zarur shart-sharoitga ega bo'lmagan sportchilarga yordam berish uchun zarur edi.⠀⠀⠀

Endi sportchilarimiz o'zlarini ko'rsatish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladilar. Ularning tezda muvaffaqiyatga erishib, g'alabalar qozonishiga shubham yo'q. Axir bizning zaminimiz polvonlarning bir necha avlodini tarbiyalagan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz barcha sohalarda, xususan, sportda sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilishi uchun aniq vazifalar belgilab berdi, ayni chog'da uning rivojlanishiga alohida etibor qaratmoqda. CHunki sport shaxs kamolotiga, ruhiy va jismoniy toblanishiga xizmat qiladi va irodasini mustahkamlaydi. Ana shunday beqiyos ko'mak bizni respublikada MMAni rivojlantirishga qaratilgan loyihaga qo'l urishga undadi.⠀⠀

Yoshlarni men bilan birgalikda qo'llab-quvvatlash uchun kelgan sportimiz faxriylariga esa alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular o'z yo'nalishida hammamizga o'rnakdir. Komiljon Xudoyberganov, Hamroqul Rafiev, Erkin G'iyosov, Aleksandr Istomin va Azamjon SHokirjonov jahon arenasida yuqori muvaffaqiyatlarga erishib, sportimiz tarixida yorqin iz qoldirishgan. Bu qadrli insonlar Associaciya tashkil etilishini chin dildan qo'llab-quvvatlab, sportchilarga musobaqalarda omad va muvaffiqiyat yor bo'lishini tiladilar. Ularning barcha ezgu tilaklariga sherikman", - deb xabar qoldirdi Otabek Umarov Instagramdagi sahifasida. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing