27 mar 08:14
Yangiliklar
Otabek Xolmatov ishtirokidagi WBA Eliminator jangi yakunlandi
Professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan Xolmatov bugun rossiyalik Andranik Grigoryanga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundlik jang to'liq davom etdi va unda hakamlar ochkosiga ko'ra g'olib aniqlandi. Jang yakunida hakamlar bir ovozdan Xolmatovning g'alabasini (119-109, 119-109, 118-110) qayd etishdi.
SHu tariqa, Otabek yarim engil vazn toifasida WBA kamari uchun davogarga aylandi. Ushbu yo'nalishda kamar meksikalik Leo Santa Kruzga tegishli.
Eslatib o'tamiz, bugungi jang Xolmatov uchun professional faoliyatidagi 10-bahs edi. Bungacha u 9 ta jangida muddatidan oldin raqiblarini mag'lub etgandi.
Grigoryan esa bugun 15-jangini o'tkazdi va faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Fikrlar