03 iyu 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Otabek Xolmatovning WBC reytingidagi o'rni yangilandi
Butunjahon boks kengashi (WBC) yarim engil vazn toifasi uchun yangilangan reytingni elon qildi.
Ushbu vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Otabek Xolmatov iyun oyi uchun yangilangan reytingda 16-o'rinda qayd etildi. U bunga qadar to'qqizinchi pog'onani egallab kelayotgandi.
Yarim engil vazn toifasidagi WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Bryus Karrington hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Otabek Xolmatov faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Qozog'istonda filippinlik Jeyson Kanoyga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Avvalroq, Otabekning Zuffa Boxing tashkiloti bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Havola :
Manba : wbcboxing.com
Fikrlar