03 may 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA
"Otang seni qiz qilib tarbiyaladi" – CHimaev Striklendning uzun sochlarini "troll" qildi + FOTO
BAA vakili, 32 yoshli UFC`ning o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Xamzat CHimaev amerikalik sobiq chempion SHon Striklendning bayonotiga javob berdi.
Ularning jangi 9 maydan 10 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi va UFC 328 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
"Yig'lashing mumkin, hechqisi yo'q. Otang seni qiz qilib tarbiyaladi. Bu surat qaysi birimiz o'g'il va qiz ekanimizni ko'rsatib turibdi", – dedi CHimaev matbuot bilan muloqot chog'ida.
CHimaev SHimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag'lubiyatsiz chempion bo'lgan 16-jangchi hisoblanadi. CHechenistonlik aralash yakkakurash ustasining rekordida 15 ta g'alaba bor, ulardan 12 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. "Borz" 2018 yildan beri professional darajada oktagonga chiqib kelmoqda.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar