28 fev 08:33
Yangiliklar
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026. Bugun ham 20 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun erkaklar o'rtasida -73, -81, ayollarda esa -63, -70 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Musobaqaning birinchi kunida bo'lgani singari bugun ham O'zbekiston terma jamoasining 20 nafar dzyudochisi medallar ham jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi. Ularga g'alaba va omad yor bo'lsin!
Dzyudochilarimiz ishtirokidagi ilk bellashuvlar:
-63 kg vazn toifasi
Aselxan Aralbaeva — Jun Li (Xitoy)
Sevinch Isoqova — Fidan Alizada (Ozarbayjon)
Sarvinoz Husanova — Jing Tang (Xitoy)
Marjona Nurulloeva — Yana Makreckaya (Belarus)
-70 kg vazn toifasi
Nigina Saparboeva — Maya Kogan (Isroil)
Farangiz Xojieva — Katarjina Soberayskaya (Polsha)
SHirinjon Yo'ldosheva — Melkiya Oshekorn (Franciya)
Xurshida Razzoqberdieva — Anastasiya Antipina (Ukraina)
-73 kg vazn toifasi
SHahram Ahadov — Leonardo Valeriani (Italiya)
Muhammad Jumaev — Noel SHmidt (Germaniya)
Hojiakbar Toshev — Miheyli Bahbahashvili (Gruziya)/Dong Xyun Bae (Koreya Respublikasi)
Elbek Tojiev — Gilerme De Oliveyra (Braziliya)
-81 kg vazn toifasi
To'lqin Ochilov — Abdul-Kerim Tasuev (Rossiya)
Zulfiddin Usmonov — Tegin Almazjan Uulu (Qirg'iz Respublikasi)
Murodjon Yo'ldoshev — Nugzari Tatalashvili (BAA)
Arslonbek Tojiev — Kim Dae Sung (Koreya Respublikasi)

Fikrlar