27 fev 17:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Isroil Madrimov keyingi jangi qachon bo'lishi mumkinligini aytdi
Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq WBA yo'nalishi chempioni Isroil Madrimov navbatdagi jangini yoz faslida o'tkazishi mumkin.
"Yana biroz jarohatlarim bor. Ramazon oyida yaxshilab dam olib, jarohatlar ustida ishlaymiz. Keyingi jang yoz oylarida bo'lib qolishi mumkin", deya aytib o'tgan Madrimov.
Eslatib o'tamiz, Madrimov 25 yanvar tongida AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomi doirasida Luis David Salazarga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar