27 fev 14:48
Yangiliklar
Paralimpiya, Milan-Kortina-2026
Yaxshi xabar: O'zbekiston 8 yillik tanaffusdan keyin qishki Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritdi!
Bu haqda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
"O'zbekiston delegaciyasi Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetso shaharlarida bo'lib o'tadigan XIV Qishki Paralimpiya o'yinlariga 2 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Para tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari — Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov Paralimpiya o'yinlari yo'llanmalariga sazovor bo'lishdi.
Sportchilarimiz to'rt yillikning eng muhim qishki startida gigant-slalom dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Malumot uchun, XIV Qishki Paralimpiya o'yinlari 2026 yil 6–15 mart kunlari Italiyaning Milan va Kortina-dAmpetso shaharlarida bo'lib o'tadi", deyiladi tashkilot xabarida.

Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar