So’nggi yangiliklar

11:32Хотамбек Бойназаровга мағлуб бўлган жангчи UFC'га ўтди 0 10:56Нурмагомедов Макгрегорнинг қайтишига ишонмаяпти 0 09:33Дмитрий Бивол фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 08:57Водилда белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди 0 08:12ФИФА Жаҳон чемпионати олдидан Абдуқодир Ҳусановга алоҳида эътибор қаратди 0 19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0 14:02"Чунки у мунтазам шуғулланди". Царукян Макгрегор - Холлоуэй жангига тахмин билдирди 0

28 fev 07:24
Yangiliklar

Dzyudo

Tashkent Grand Slam 2026. SHukurjonning oltini va Dostonning bronzasi evaziga umumjamoa hisobida nechanchi o'rindamiz? (+FOTO)

"Humo Arena" sport majmuasi mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turnirining birinchi kungi bahslari terma jamoamizga 2 ta medal taqdim etdi.

Ayollar o'rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan dzyudochimiz SHukurjon Aminova nomdor raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, musobaqa chempioniga aylandi. -57 kg vazn toifasidagi vakilamiz 1/2 finalda gruziyalik amaldagi jahon chempionini, finalda esa yaponiyalik kuchli raqibasini taslim eta oldi. Ushbu g'alaba unga jahon reytingi uchun qimmatli 1000 ochkoni ham taqdim etdi. Aminova faoliyatida ilk bor "Katta Dubulg'a" turnirida shohsupaga ko'tarildi. 

O'zbekiston sport delegaciyasiga ikkinchi medalni Doston Ro'ziev keltirdi. -60 kg vazndagi dzyudochimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda gruziyalik Luka Gadeliyani bir daqiqada ippon bahosi evaziga engishga muvaffaq bo'ldi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kungi bahslari natijalariga ko'ra, 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 39 davlat orasida faxrli 3-o'rinni egallab turibdi. Yaponiya terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 1 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega Ozarbayjon ikkinchi pog'onani band etgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing